Bekobodda 9-sinf oʻquvchisi tarixdan +A darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi

Bekobodda 9-sinf oʻquvchisi tarixdan +A darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi

Toshkent viloyati Bekobod tumani 59-maktabning 9-sinf oʻquvchisi Po‘latov Xasan tarix fanidan +A darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi.

 

Ma’lumot uchun, test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

 

70 balldan yuqori ball — A+ daraja;

65 – 69,9 ball — A daraja;

60 – 64,9 ball — B+ daraja;

55 – 59,9 ball — B daraja;

50 – 54,9 ball — C+ daraja;

46 – 49,9 ball — C daraja.

 

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

 

  • A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
  • B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
  • A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

 

Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

 

Avvalroq, Samarqandda 3 nafar 9-sinf oʻquvchisi tarix fanidan A+ darajadagi sertifikatlarga ega bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

 

Shuningdek, andijonlik 11-sinf oʻquvchi 5 ta fandan maksimal darajadagi sertifikatni olib, muddatidan oldin davlat grantini qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edik.