Guruh nazoratchisi tanlovining suhbat bosqichini oʻtkazish sanalari belgilandi

Guruh nazoratchisi tanlovining suhbat bosqichini oʻtkazish sanalari belgilandi

Xabaringiz bor, 2025-yil 11-dekabr kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etish uchun birinchi tanlov e’lon qilingan edi. 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar bilan 2026-yil 5-6-yanvar (dushanba, seshanba) kunlari suhbat o‘tkazilishi belgilandi.

 

Toshkent shahridagi nomzodlar uchun qo‘shimcha e’lon beriladi.

 

Nomzodlar suhbat joyi, kuni va aniq vaqtini my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga birinchi tanlov” bo‘limi orqali bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

 

Nomzodlar suhbatga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta va nusxalari) bilan kelishlari lozim.

 

Ma’lumot uchun, tanlovning suhbat bosqichiga kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.