O‘qituvchilarning ish haqi yangi olingan toifa sertifikati generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi

O‘qituvchilarning ish haqi yangi olingan toifa sertifikati generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi

Tegishli Nizomning 48-bandiga ko‘ra, pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.

 

2025-yil avgust-dekabr oylarida oʻtkazilgan maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari attestatsiyasi natijalariga koʻra, oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalari berilgan pedagoglarning barchasiga joriy yilning 5-dekabrdagi tegishli buyruq bilan “Pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida Sertifikat”lar rasmiylashtirilgan. Jumladan, mazkur buyruq bilan:

 

  • Oliy malaka toifasi berilayotgan maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;

 

  • birinchi malaka toifasi berilayotgan maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;

 

  • ikkinchi malaka toifasi berilayotgan maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;

 

  • mutaxassis lavozimi berilayotgan maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;

 

  • mutaxassis lavozimiga muvofiq emas deb hisoblangan maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq;

 

  • “attestatsiyadan oʻtgan, lavozimi saqlangan” oliy maʼlumotga ega boʻlmagan pedagog kadrlar roʻyxati 6-ilovaga muvofiq;

 

  • “egallab turgan lavozimiga muvofiq emas, deb hisoblangan” oliy maʼlumotga ega boʻlmagan pedagog kadrlar roʻyxati 7-ilovaga muvofiq;

 

  • navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etib, yetarli ball toʻplay olmagan oliy maʼlumotga ega boʻlmagan pedagog kadrlar roʻyxati 8-ilovaga muvofiq;

 

  • uzrli sabablarga koʻra attestatsiyada ishtirok etmagan 2026-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyaga koʻchirilayotgan pedagog kadrlar roʻyxati 9-ilovaga muvofiq;

 

  • navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etib, yetarli ball toʻplay olmagan pedagog kadrlar roʻyxati 10-ilovaga muvofiq;

 

2025-yil avgust-dekabr oylarida oʻtkazilgan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) hamda 86 va undan yuqori ball toʻplagan va birinchi marta ustama olishga erishgan pedagog kadrlar roʻyxati (keyingi ikki yil davomida 70% ustama toʻlab beriladigan pedagoglar roʻyxati) 11-ilovaga muvofiq tasdiqlangan.

 

Attestatsiya yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlar va Sertifikatlar har bir pedagogning pedagog.uzedu.uz – elektron tizimidagi Shaxsiy kabinetlariga yuborilgan.

 

Pedagoglar oʻz Sertifikatlarini pedagog.uzedu.uz – elektron tizimidagi Shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin.

 

Ma’lumot uchun, toifa Sertifikatlari va 70% ustama maʼlumotnomalari pedagog kadrlarning shaxsiy kabinetlarda doimiy ravishda saqlanib turadi, istalgan vaqtda istalgan miqdorda yuklab olinishi mumkin.