Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilidagi qishki ta’til muddati tasdiqlandi. Unga ko‘ra, qishki ta’til 2025-yil 28-dekabr kuni boshlanib, 2026-yil 10-yanvar kuniga qadar davom etadi.
Ta’til davomida:
— kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻqituvchilari uchun Germaniya metodikasi asosida ishlab chiqilgan “Karyerani rivojlantirish” maxsus kursi hamda “SCAFFOLD” metodikasi boʻyicha oʻquv seminarlari tashkil etiladi;
— taʼlim muassasalari va korxonalar oʻrtasida tuzilgan amaliyot shartnomalari monitoringi o’tkaziladi.
Shuningdek, Transport vazirligi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qo‘shimcha qatnov va qulayliklar tashkil etiladi. 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvargacha o‘quvchilar temir yo‘l hamda avia chiptalarini 50 % chegirma bilan xarid qilishi mumkin.
