Yangi yilda ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo’ladi.
Prezident farmoniga ko’ra, quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:
– 2025-yilda barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 31-dekabr – chorshanba;
2026-yilda:
– barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 2-yanvar – juma;
– olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar – shanba.
Demak, quyidagi kunlarda rasman dam olish bo’ladi:
31-dekabr (chorshanba);
1-yanvar (payshanba);
2-yanvar (juma);
3-yanvar (shanba);
4-yanvar (yakshanba).
