Sinf xonalaridagi yuqori harorat oʻquvchilarning diqqatini susaytiradi — tadqiqiot

Sinf xonalaridagi yuqori harorat oʻquvchilarning diqqatini susaytiradi — tadqiqiot

Sinf xonalaridagi havo harorati va havoning sifati o‘quvchilarning diqqatini jamlash, charchamaslik hamda samarali o‘qishlari uchun katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Juda yuqori harorat o‘quvchilarning diqqatini susaytiradi, charchoqni oshiradi va ularning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qiladi. Hatto pastroq haroratlarda ham issiqlik diqqatni kamaytiradi, ayniqsa yosh bolalar issiq havoda ko‘proq ta’sir qilishi mumkin.

 

Sanitariya-epidemiologiya qo’mitasi tomonidan ta’lim muassasalarining o’quv xonalarida mashg’ulotlar o’tkazishda mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq o’quv xonalarida havo harorati quyidagicha bo‘lishi tavsiya etilgan:

 

— Yengil jismoniy ishlar uchun – 21 °C

— O‘rtacha og‘ir ishlar uchun – 17 °C

— Og‘ir ishlar uchun – 16 °C

 

Fizika laboratoriyalari kabi maxsus xonalarda esa harorat 18–21 °C, havoning namligi esa 40–60 % bo‘lishi kerak. Shuningdek, hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.

 

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qulay harorat va yaxshi shamollatiladigan xonalar o‘quvchilarning o‘qish samaradorligini oshiradi.

 

Maktablarda xonalarni salqin saqlash uchun derazalarni ochib shamollatish muhimdir. Shuningdek, parda yoki soyabon yordamida issiqlikni kamaytirish mumkin. O‘quvchilarning salomatligi uchun suv ichish imkoniyati yaratilishi tavsiya etilgan. Agar, zarurat bo‘lsa, ventilyator yoki havoni sovutish uskunalaridan foydalanish ham foydali bo‘ladi.

 

Avvalroq, maktab yoshidagi bolalarning ovqatlanishi ularning jismoniy rivojlanishi, aqliy faolligi, darslarda diqqat e’tiborini jamlashi va immunitetini mustahkamlashda hal qiluvchi o‘rin tutishi haqida xabar bergan edik.