Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari faoliyati tartibga solindi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari faoliyati tartibga solindi

Hukumatning 2025-yil 17-dekabrdagi 797-son qarori bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

 

Nizom Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining huquqiy maqomi, ularni tashkil etish hamda faoliyatini nazorat qilish tartibini belgilaydi.

 

Nizomga koʻra, ijod maktablarida taʼlim – tarbiya jarayoni 7–11-sinflarda amalga oshiriladi.

 

Bir sinfdagi oʻquvchilar soni 20 nafardan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Oʻquv haftasi 5 kun davom etadi. Bunda ijod maktabi Pedagogik kengash qarori asosida 6 kunlik oʻquv haftasiga oʻtkazilishi mumkin.

 

Ijod maktablari bitiruvchilariga davlat namunasidagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat beriladi.

 

Oʻquvchilar Agentlik tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejasidagi fanlardan yillik summativ baholashdan muvaffaqiyatli oʻtganda, ijod maktabi direktorining buyrugʻi bilan keyingi sinfga oʻtkaziladi.