Surxondaryoda 11 yoshli oʻquvchi tilini bilish darajasini aniqlash imtihonidan B2 darajani qoʻlga kiritdi.
Kenjayev Nodirbek Bekzod oʻgʻli 2014-yil 27-mayda tugʻilgan. Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Dehqonariq mahallasida yashaydi. Tumandagi 21-maktabning 6-“V” sinf oʻquvchisi.
U Multilevel imtihonining toʻrtala qismidan mos ravishda quyidagicha natija koʻrsatgan:
Listening (Tinglab tushunish) — 75 (maksimal);
Reading (Oʻqish) — 62;
Writing (Yozish) — 38;
Speaking (Gapirish) — 40;
Overall (Umumiy ball) — 54.
Xuddi shunday natijani 11 yoshli qashqadaryolik oʻquvchi qiz ham qayd etgandi.
Avvalroq esa, Andijonda 2-sinf oʻquvchisi ingliz tilidan B2 darajali sertifikatni qoʻlga kiritganligi haqida xabar bergan edik.
Eslatib oʻtamiz, 2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari sanalari jadvali e’lon qilindi.
