Bugundan xorijiy tillardan o‘tkaziladigan CEFR imtihonining yozma qismi boshlanadi

Bugundan xorijiy tillardan o‘tkaziladigan CEFR imtihonining yozma qismi boshlanadi

2025-yil 2-yarim yillikning ingliz, nemis, arab, fransuz, turk, yapon (B2, C1), fors (B2, C1) va hindiy (B2, C1) tillari bo‘yicha chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ushbu sinovlar uchun ro‘yxatdan o‘tish 29-noyabrgacha, to’lov qilish esa 30-noyabrgacha bo‘lgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Imtihonning yozma qismi — 13-15-dekabr kunlari;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 2025-yil 15-dekabrdan 2026-yil 8-yanvarga qadar (dam olish kunlaridan tashqari) bo‘lib o‘tadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Talabgorlar ruxsatnomalarini my.gov.uz saytining ‘‘Mening arizalarim’’ bo‘limidan yuklab olishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/chet-tili-12-10-4⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, 15-16-noyabr kunlari ingliz, nemis, arab, turk, ispan (B2, C1), xitoy (B2, C1), urdu (B2, C1), pushtu (C1) tillari bo‘yicha chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠