MTTda 0,5 stavka direktor oʻrinbosari boʻlib ishlovchi xodim 0,5 stavka tarbiyachilik lavozimini ham yuklab olishi mumkinmi?

MTTda 0,5 stavka direktor oʻrinbosari boʻlib ishlovchi xodim 0,5 stavka tarbiyachilik lavozimini ham yuklab olishi mumkinmi?

Mehnat kodeksining 432-moddasiga muvofiq, shaxsning asosiy ish joyida ish vaqtidan boʻsh boʻlgan holatda boshqa joyda ishlashi oʻrindoshlik hisoblanadi.

 

Bunda xodim asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan boʻsh vaqtidagina oʻrindoshlikda ishlashi mumkin. Mana shu qoidaga koʻra,  xodim asosiy 0.5 stavka MTT direktori oʻrinbosari lavozimidan tashqari 0.5 stavka ichki oʻrindoshlik asosida tarbiyachi lavozimida ishlashga haqli.

 

Shuningdek, oʻrindoshlikda ishlashning maksimal meʼyorlari belgilangan. Ushbu kodeks 437-moddasiga muvofiq, oʻrindoshlik asosida ishlash chogʻida oʻrindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning mazkur toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq boʻlishi mumkin emas.

 

Shunga koʻra, oʻrindosh jami asosiy ish joyida kunlik ish vaqtini toʻliq bajargandan soʻng 0.5 stavka ishlashi mumkin xolos.

 

Demak, xodim  ish vaqti oraligʻida asosiy ish joyida boʻlishi va mazkur soatlar tugagandan soʻng bemalol oʻrindoshlikda ishlashga haqli.

 

Avvalroq, ikkita taʼlim muassasasida faoliyat yuritadigan xodim oʻrindosh sifatidagi ish joyidan ham dekret puli olishi mumkinligi haqida xabar bergan edik