Qanday uzrli sabablarga ko‘ra qishki ‘‘perevod’’da ishtirok etish mumkin?

Qanday uzrli sabablarga ko‘ra qishki ‘‘perevod’’da ishtirok etish mumkin?

Qish mavsumida faqat bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘qishini ko‘chirish uchun ma’lum toifa talabalariga ruxsat beriladi. Bu muddatda xorijiy va xususiy OTMdan o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar olinmaydi.

 

Kimlar qishki perevodda ishtirok etadi?

 

Quyidagi 2 ta sababga koʻra, oʻqishni qishki “perevod” orqali koʻchirish mumkin:

 

– boshqa viloyatga turmushga chiqqani sababli oʻsha hududga oʻqishini koʻchirishi (oʻzining yoʻnalishiga yoki mos va turdosh yoʻnalishga koʻchirishi, xohlasa taʼlim shaklini ham oʻzgartirib koʻchirishi ham mumkin);

 

– ota-onasi yoki turmush oʻrtogʻi davlat xizmatchisi boʻlib, ularning doimiy ish joyi boshqa viloyatga koʻchirilgani sababli (bunda ham yuqoridagi singari shakllarda koʻchirish mumkin).

 

Qanday hujjatlar kerak?

 

– oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida toʻldiriladi);

 

– talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi boʻlsa yetarli);

 

– pasport nusxasi;

 

– uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

 

Kimlarga ruxsat berilmaydi?

Quyidagi holatlarda qishki “perevod”ga ruxsat berilmaydi:

 

– ichki perevod (bir oliygoh ichida taʼlim yoʻnalishini yoki taʼlim shaklini oʻzgartirish);

 

– bir hudud doirasida boshqa oliygohga koʻchirish (masalan bir viloyatdagi boshqa oliygohga oʻqishni koʻchirish);

 

– xorijiy yoki respublika hududidagi ularning filiallaridan oʻqishni koʻchirish;

 

– davlat oliygohlaridan xususiy oliygohlarga oʻqishni koʻchirish;

 

– xususiy oliygohlardan davlat oliygohlariga oʻqishni koʻchirish;

 

– xususiy oliygohlar oʻrtasida oʻzaro oʻqishni koʻchirish harakatlari;

 

– xususiy oliygoh bilan bogʻliq har qanday oʻqishni koʻchirish jarayonlari;

 

– xorijdan davlat yoki xususiy oliygohlarga oʻqishni koʻchirish.