Boshqa viloyatga uylanayotgan yigitlar, agarda o’sha viloyatga doimiy yashash joylarini ham ko’chirsalar, o’qishni ham o’sha hududdagi oliygohga perevod qilishlari mumkin.
Masalan siz Samarqand viloyatidansiz, kelin esa Toshkent shahridan. Siz endi Toshkentga ko’chib ketyapsiz, ya’ni kelin yashaydigan hududga (viloyat, shaharga). Demak siz endi uzrli sababga egasiz va o’qishingizni Toshkent shahridagi yo’nalishingizga mos bo’lgan oliygohiga ko’chirish imkoniga egasiz.
Biroq, siz Samarqand, kelin esa Buxorodan bo’lib, turmush qurgach Toshkent shahri yoki boshqa uchinchi viloyatga ko’chib borsangiz bu uzrli sababga kirmaydi va siz uchinchi hududga o’qishingizni ko’chira olmaysiz.
Ahamiyat beradigan jihati shundan iborat-ki, uzrli sabab bo’lishi uchun turmush quruvchilardan biri ikkinchisining doimiy yashash hududiga ko’chib borishi talab etiladi.
Bu savolga video ko’rinishida javob oling: Video
