Ayrim hollarda xodim foydalanmagan mehnat taʼtilini pulli kompensatsiyaga almashtirishi mumkin

Ayrim hollarda xodim foydalanmagan mehnat taʼtilini pulli kompensatsiyaga almashtirishi mumkin

Mehnat kodeksining 234-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat taʼtillari uchun pulli kompensatsiya toʻlanadi.

 

Xodimlarga ish davrida ularning xohishiga koʻra, har yilgi mehnat taʼtili uchun taʼtilning ushbu Kodeksning 217-moddasida belgilangan eng kam davomiyligidan tashqari pulli kompensatsiya toʻlanishi mumkin.

 

Pulli kompensatsiya toʻlashda yakshanba kuni inobatga olinmaydi.

 

217-moddaga muvofiq har yilgi asosiy eng kam mehnat taʼtilining davomiyligi yigirma bir kalendar kunni tashkil etadi.

 

Tartib:

 

Kompensatsiya toʻlovi Mehnat kodeksining 286-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Ya’ni ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning oʻz mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq xarajatlarni kompensatsiya qilishi shart:

 

– xizmat safarlarida boʻlganda;

 

– sayyor va koʻchib yurish xususiyatiga ega ishlarda, shuningdek dala sharoitlarida yoki vaxta usulida ishlaganda;

 

– ish beruvchi bilan oldindan kelishuvga koʻra boshqa joydagi ishga koʻchib oʻtganda;

 

– ish beruvchining yoʻllanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan oʻtganda;

 

– ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz boʻlib qolganda;

 

– xodim majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtganligi munosabati bilan;

 

– xodim ushbu Kodeks 234-moddasi birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq foydalanmagan yillik mehnat taʼtili uchun;

 

– ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida xodimni ogohlantirish muddati mutanosib pul kompensatsiyasi bilan almashtirilishi munosabati bilan.