Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagoglar uchun 2025-yil avgust-dekabr oylarida oʻtkazilgan pedagog kadrlar attestatsiyasida Buxoro viloyatidan 11435 nafar pedagoglar ishtirok etdi.
Bilim va kasbiy salohiyat boʻyicha oʻtkazilgan ushbu sinovlarda buxorolik pedagoglar 58,5 ball bilan Respublikada peshqadam.
Tuman(shahar)lar kesimida tahlil qilinganda, Kogon (60,6) tuman, Kogon (59,9) va Buxoro (59,7) shaxarlari respublikada kuchli 5 ta tuman(shahar)lar tarkibida boʻlsa, Respublikadagi kuchli 20 ta tuman(shahar)lar orasida Buxoro viloyatidan 10 ta tumanlar joy olmoqda.

