O‘qishning barcha shakllari bo‘yicha oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha davlat grantlari o‘rinlariga ko‘chirishga faqat davlat grantlari asosida tahsil olgan talabalar arizasiga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarida tegishli o‘quv yilidagi qabul qilish kvotalarida belgilangan davlat grantlarining soni doirasida ruxsat etiladi.
Ya’ni, agar OTM yo‘nalishlari uchun ajratilgan bo‘sh grant o‘rni bo‘lsa, ta’lim muassasasidagi vaziyatdan kelib chiqib, talabaga grant asosida o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilishi mumkin.
Bundan tashqari, yangi o‘quv yilidan boshlab davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratilishi munosabati bilan, kontraktda o‘qiydigan talaba ham, keyingi o‘quv yilidan grant asosida ta’lim olishi mumkin.
Shuningdek, ko‘zi ojiz va nogironligi bor talabalarga grant asosida o‘qishni ko‘chirishga ruxsat beriladi.