Mehnat kodeksining 184-moddasiga muvofiq ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy va asabiy zoʻriqish bilan bogʻliq boʻlgan, yaʼni alohida xususiyatga ega boʻlgan tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqa toifadagi xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga koʻpi bilan oʻttiz olti soat qilib belgilanadi.
Shunga koʻra, barcha pedagog xodimlar uchun haftalik ish soati 36 soatdan oshmaydi, bunda qonun chiqaruvchi 1 stavka uchun mazkur meʼyorni belgilaydi.
Mana shu qoidaga koʻra, magistrant taʼlim olish vaqtida bu soatlarni bajara olmaydi, shu tufayli u maktabda toʻliq stavkada ishlay olmaydi.
Bunda magistrant OTMdagi darslari qoʻyilgan soatlarga qarab 0.5 dan 0.75 stavkagacha ishlashi mumkin. Haftalik ish yuklamasini bajarish uchun bir kunda 7 soat vaqt sarflanadi. Magistraturada bir kunda kamida 2 para dars oʻtilganda ham magistrant deyarli uch soat vaqt ketadi. Yoki haftasiga 2 kun oʻqish boʻlganda ham Mehnat kodeksining 184-moddasidagi meʼyorni bajarib boʻlmaydi.
Shunga koʻra, magistrant toʻliq stavkada ishlay olmaydi. Bu vaziyatda u boʻsh vaqtiga qarab 0.5 yoki 0.75 stavkada ishlashga haqli.
Anʼanaviy yoki masofaviy shaklda oʻqishning ahamiyati yoʻq, har ikkala holatda ham magistrant faqat darsdan boʻsh vaqtlaridagina ishlashi mumkin.
