Defektologiya yo‘nalishi bitiruvchilari ayrim muassasalarga ishga joylashishlari mumkin

Defektologiya yo‘nalishi bitiruvchilari ayrim muassasalarga ishga joylashishlari mumkin

Maxsus pedagogika (defektologiya) yoʻnalishi – sogʻlom hamda nogironligi boʻlgan/imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash uchun zaruriy pedagog kadrlarni tayyorlaydi.

 

Maxsus pedagogika 4 ta yoʻnalishni oʻz ichiga oladi:

 

– oligofrenopedagogika (aqliy rivojlanishi orqada qolgan bolalar);

 

–  surdopedagogika (eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar);

 

– tiflopedagogika (koʻrishida nuqsoni boʻlgan bolalar);

 

– logopediya (nutqida nuqsoni boʻlgan bolalar).

 

Ishga joylashish imkoniyatlari:

 

Hozirgi kunda maxsus pedagogika yo‘nalishi koʻp qirrali boʻlib, bitiruvchi talabalar:

 

–  sogʻlom bolalarga moʻljallangan maktabgacha taʼlim muassasalarida logoped;

 

– maxsus maktabgacha taʼlim muassasalarida defektolog;

 

– umumtaʼlim maktablarida logoped;

 

– maxsus maktab va maktab-internatlarda defektolog;

 

– oilaviy poliklinikada logoped lavozimida faoliyat yuritishlari mumkin.

 

Avvalroq,  musiqa ta’limi yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkinligi haqida xabar bergan edik. 

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish