Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.03.2025-yildagi PF-51-son Farmoni 2-bandida 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab:
—umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga;
—umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshirilishi belgilangan.
Eʼtibor bergan boʻlsangiz normada “umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari” jumlasi qoʻllanilgan.
Taʼlim toʻgʻrisidagi qonun 9-moddasining mazmuniga koʻra boshlangʻich taʼlim (I — IV sinflar); tayanch oʻrta taʼlim (V — IX sinflar); oʻrta taʼlim (X — XI sinflar) mavjud boʻlgan taʼlim tashkilotlari umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari hisoblanadi.
Shunday ekan yuqoridagi qoida sport maktablariga ham qoʻllaniladi.
