Bilasizmi? Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qoplab beriladi - Ta’lim xabarlari
Bilasizmi? Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qoplab beriladi

Hukumatning tegishli (15.08.2022 yildagi 447-son) qaroriga muvofiq, magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qoplab berish tartibi belgilangan.

 

Quyidagi ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplanadi:

 

– Davlat oliy ta’lim muassasalari;

 

– Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi;

 

– Bosh prokuratura akademiyasi;

 

– Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi;

 

– Bank-moliya akademiyasi.

 

Buning uchun magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan talaba xotin-qizlar o‘zlari ta’lim oladigan muassasa rektori (filial direktori) nomiga 15 sentabrgacha ariza bilan murojaat etadi.

 

Ushbu muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqilib, ro‘yxat shakllantiriladi.

 

Umumlashtirilgan talabgorlar ro‘yxati 5 ish kunida to‘lov-kontraktlarni qoplab berish uchun OTMning idoraviy mansubligiga ko‘ra tegishli vazirliklar va idoralarga yuboriladi.

 

Talabgorlarga to‘lov-kontrakt summasini qoplab berish to‘g‘risida joriy o‘quv yilining 15-oktabriga qadar tegishli OTM rektori buyrug‘i qabul qilinadi.

 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq 2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar o’tkazilmasligi haqida xabar bergan edik.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры