15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan oliy toifali o‘qituvchilarga qachondan boshlab imtiyozli ipoteka krediti ajratiladi?

15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan oliy toifali o‘qituvchilarga qachondan boshlab imtiyozli ipoteka krediti ajratiladi?

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan muloqot oʻtkazgan edi.

 

Muloqot davomida prezident pedagoglarni yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qator yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

 

Unda yangi yildan boshlab kamida 15 yil stajga ega boʻlgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlangʻich badalining 25 foizi qoplab berilishi haqida ma’lum qilingandi. Lekin hozircha bu bo‘yicha qaror e’lon qilinmadi.

 

Xalq ta’lim info nashrining ma’lumotiga ko’ra, ayni paytda pedagog xodimlarga imtiyoz berish to‘g‘risida normativ hujjat loyihasi ishlab chiqilgan va bu tez orada kuchga kirishi mumkin.