Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan oʻqituvchilar malaka sinovlarida yuqori natijalarni qayd etishdi

Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan oʻqituvchilar malaka sinovlarida yuqori natijalarni qayd etishdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

 

Jumladan, bugun  ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan oʻqituvchilar yuqori natijalarni qoʻlga kiritishdi:

 

–  Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanidagi 2-maktabning tarix fani o‘qituvchisi Boburbek Tillayev 100 ball;

 

– Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi 10-maktabning davlat va huquq asoslari fani o‘qituvchisi Alibek Mahmarahimov 96 ball;

 

– Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi 35-maktabning tarix fani o‘qituvchisi Ochil Mamarasulov 94 ball;

 

– Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanidagi 40-maktabning tarix fani o‘qituvchisi Bahrom Shomurodov 92 ball;

 

– Toshkent viloyati, Toshkent tumanidagi 1-maktabning tarix fani o‘qituvchisi Ramziddin Doʻstyorov 92 ball;

 

–  Sirdaryo  viloyati, Sayxunobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tarbiya fani oʻqituvchisi Karimbek Muxtorov 92 ball;

 

– Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi 243-maktabning davlat va huquq asoslari fani o‘qituvchisi Islom Sulaymonov 92 ball toʻpladi.

 

Avvalroq, attestatsiyada yuqori ball olgan samarqandlik o‘qituvchilarni e’lon qilgan edik.