Qirgʻiziston maktablari elektr energiyasidan uziladi — Ta’lim vazirligi

Qirgʻiziston maktablari elektr energiyasidan uziladi — Ta’lim vazirligi

Qirg‘izistonda maktablarda energiyani tejash rejimi joriy etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda mamlakat Ta’lim vazirligi xabar bergan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“O‘quv jarayoni tugagandan so‘ng (barcha darslar tugagandan keyin) 60 daqiqadan kechiktirmasdan, sinf xonalarini tozalash vaqtini hisobga olgan holda elektr ta’minoti o‘chirilishi kerak”, deyiladi xabarda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur qaror Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-noyabrdagi “Elektr energiyasi taqchilligini kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 949-sonli qaroriga muvofiq qabul qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ta’lim vazirligi qayd etishicha, energiyani tejash bo‘yicha cheklovlar binolarning ishlashi va ularni saqlab turishga xizmat qiladigan muhandislik tizimlari va uskunalarga nisbatan qo‘llanilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yangi choralar o‘quvchilar istiqomat qiladigan yotoqxonalar va boshqa obyektlarga ham tatbiq etilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu bilan birga, vazirlikning ta’kidlashicha, o‘quv soatlarini qisqartirish yoki dars jadvalini o‘zgartirish rejalashtirilmagan, ya’ni o‘quv jarayoni odatdagidek davom etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Energetika sohasidagi mutaxassislar ma’lum qilishicha, Qirg‘izistonda kuz-qish mavsumida elektr energiyasi tanqisligi kuzatilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bunga mamlakatdagi eng yirik To‘xtagul GESni ta’minlaydigan suv omboridagi suv sathining pasayishi sabab bo‘lmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Respublika Energetika vazirligi elektr energiyasi taqchilligini kamaytirish uchun bir qator qo‘shni davlatlardan, jumladan Rossiyadan elektr import qilishni rejalashtirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov oktabr oyida bergan bayonotida “2,5 yildan keyin mamlakat qishda o‘zini elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlay oladi” degan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston 2024-yilda 3,6 milliard kVt/soat elektr energiyasini import qilgan bo‘lib, mamlakat Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmanistondan elektr energiyasi xarid qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠