Joriy yilning 12-noyabr kuni attestatsiya sinovlarida qatnashishi belgilangan hamda koʻrishida nuqsoni boʻlgan (bu haqida maxsus guvohnomasi mavjud) pedagoglarning murojaatlari asosida hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida ushbu pedagoglar uchun barcha fanlar boʻyicha test sinovlari soat 14:00 da (bir kunda) oʻtkaziladi.
2025-yil 21-oktyabr kunidan boshlab maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun oʻquv fanlaridan malaka (test) sinovlari oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabar bergan edik.
Ayni paytda, toifa sinovilarda umumtaʼlim maktablarining kimyo va fizika fanlari oʻqituvchilari ishtirok etmoqda.
Ma’lumot uchun, sinovlarda ishtirok etuvchi pedagoglar:
– o‘zlariga biriktirilgan yordamchisi (biriktirilganligi to’g’risidagi buyruq hamda mutaxassisligini tasdiqlovchi hujjat bilan);
– shuningdek, tasdiqlovchi hujjatlari va guvohnomalari bilan kelishlari shart.
