Savol: Yashash joyimiz oʻzgarayotganligi tufayli oʻgʻlimni boshqa maktabga oʻtkazgan edik. Bolaning maktabi emaktab.uz platformasida qanday oʻzgartiriladi?
Javob: Oʻquvchini eski maktabidagi akkauntini yangi taʼlim muassasasiga oʻtkazish uchun ota-ona yangi maktabga hujjatlarni topshirish vaqtida bolaning emaktab.uz tizimidagi logini maʼlumotlarini yangi maktab administratoriga taqdim etishi lozim.
Oʻquvchi xodimlar tomonidan yangi taʼlim tashkilotiga logini boʻyicha qabul qilingandan soʻng, profilida yangi tashkilotga kirish taklifi keladi. Keyin esa “Xavfsizlik” yorligʻidagi shaxsiy profil sozlamalarida ushbu taklifni qabul qilish kerak boʻladi.
Shundan soʻng bolaning emaktab.uz platformasidagi profili yangi maktabga koʻchiriladi.
