Vazirlik pedagoglarning “Yil oʻqituvchisi” natijalarini oʻzgartirib qoʻymoqdami? — MMTV izoh berdi

Vazirlik pedagoglarning “Yil oʻqituvchisi” natijalarini oʻzgartirib qoʻymoqdami? — MMTV izoh berdi

Xabaringiz bor, Hukumatning 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga asosan, ayni damda oʻtkazilayotgan malaka (test) sinovlari natijalari “Yil oʻqituvchisi” tanlovining birinchi — saralash bosqichi sifatida ham belgilangan.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “Vazirlik pedagoglarning “Yil oʻqituvchisi” natijalarini oʻzgartirib qoʻymoqdami?” mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

 

“Yil oʻqituvchisi” tanlovi natijalari boʻyicha yuzaga kelgan savollarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi izoh berdi.

Birinchi va oliy toifali pedagoglarning malaka (test) sinov natijalari tanlovda ishtirok etish talablariga mos kelgan taqdirda, ular umumtaʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Yil oʻqituvchisi” tanloviga nomzodlar safiga qoʻshiladi.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko’ra, test sinovlari jarayonida pedagoglar platformada test topshiriqlarini boshlashdan avval, kompyuter ekranida maxsus eslatma va xabarnoma paydo boʻladi. Unda sinov natijalarining “Yil oʻqituvchisi” tanlovining saralash bosqichi sifatida hisoblanishi haqida maʼlumot berilgan.

 

Vazirlik pedagoglarning “Yil oʻqituvchisi” natijalarini oʻzgartirib qoʻymoqdami? — MMTV izoh berdi

 

‘‘Pedagoglar ushbu xabarnoma bilan tanishganlaridan soʻng, sinov topshiriqlarini bajarishni boshlaydilar. Test yakunlangach, platforma avtomatik tarzda ikki turdagi natijani taqdim etadi:

 

1. Malaka toifasi attestatsiyasi natijalari — odatdagi baholash tizimi boʻyicha;

 

2. “Yil oʻqituvchisi” tanlovi boʻyicha natijalar — toʻgʻri javoblar soniga nisbatan tanlov shkalasi asosida hisoblangan ball koʻrinishida.

 

Shu kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Vazirlik pedagoglarning “Yil oʻqituvchisi” natijalarini oʻzgartirib qoʻymoqdami?” maʼnosidagi xabarlar tarqaldi. Quyida ushbu holat boʻyicha batafsil tushuntirish berib oʻtamiz’’.

 

Vazirlik pedagoglarning “Yil oʻqituvchisi” natijalarini oʻzgartirib qoʻymoqdami? — MMTV izoh berdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan pedagogning pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy sahifasidan olingan rasmda quyidagilarni koʻrishimiz mumkin:

 

Vazirlik pedagoglarning “Yil oʻqituvchisi” natijalarini oʻzgartirib qoʻymoqdami? — MMTV izoh berdi

 

“Yil oʻqituvchisi” tanlovi boʻyicha test natijalari hisoblanishiga doir izoh

 

‘‘Attestatsiya va “Yil oʻqituvchisi” tanlovi doirasida oʻtkazilgan test sinovlarining dastlabki natijalari boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz:

 

Test topshiriqlarining birinchi bloki 40 ta savoldan iborat boʻlib, shundan:

 

  • 35 tasi mutaxassislik (asosiy) faniga,

 

  • 5 tasi kasbiy standartga oid savollardir.

 

Bu savollar test variantlari avtomatik generatsiya qilinish jarayonida aralashtirilgan holda joylashtirilgan.

 

Natijalarni hisoblashda 1–35-gacha boʻlgan savollarga berilgan toʻgʻri javoblar 3.1 ballga36–40-gacha boʻlgan savollarga berilgan toʻgʻri javoblar esa 1.1 ballga koʻpaytirilishi kerak edi.

 

Ammo variantlarda 1–40 raqamlar oraligʻida mutaxassislik va kasbiy standartga oid savollar aralashib tushgani kuzatilgan. Natijada baʼzi hollarda kasbiy standart savollari uchun 3.1 ball, mutaxassislik fanlari uchun esa 1.1 ball bilan hisoblangan.

 

Keyingi bosqichda tizimda ushbu texnik xatolik bartaraf etilgan pedagogning natijalariga bloklar kesimida (mutaxassislik va kasbiy standart alohida) qayta aniqlik kiritildi. Natijalar standart koeffitsiyentlar asosida qayta joylashtirilib chiqildi.

 

Shu bilan birga, bu tuzatishlar attestatsiya natijalariga va toʻgʻri javoblar soniga taʼsir koʻrsatmaganligini alohida taʼkidlaymiz’’, — deb qo‘shimcha qiladi vazirlik.

 

Ta’kidlanishicha, 2-bosqich Pedagogik mahorat boʻyicha (10 ta test topshirigʻi) har bir toʻgʻri javob uchun — 2,1 ball berilgan. Pedagogik mahoratdan tushgan 10 ta savolda barcha ballar toʻgʻri joylashtirilgan.

 

Shuningdek, pedagoglarga tushgan savollar soni — mutaxassislik fanidan 35 ta va kasbiy standartdan 5 ta — hech qanday oʻzgarishga uchramagan.