G‘azoda urushdan so‘ng o‘quvchilar yana maktabga qaytmoqda

G‘azoda urushdan so‘ng o‘quvchilar yana maktabga qaytmoqda

BMTning Falastin qochqinlari agentligi (UNRWA) G‘azoda tinchlik kelishuvi kuchga kirgach, ayrim maktablar qayta ochilayotgani va o‘quvchilar asta-sekin darslarga qaytayotganini e’lon qildi.

 

 

Al Arabiya xabariga ko‘ra, UNRWA rahbari Filipp Lazzarini G‘azoda 25 mingdan ortiq bola agentlik tashkil etgan “vaqtinchalik ta’lim markazlari”da o‘qishni boshlaganini, yana 300 mingga yaqin bola esa onlayn ta’lim olayotganini ma’lum qilgan.

 

 

G‘azo sektorining Nuseyrat shahridagi Al-Hassaina maktabida sinf xonalari yetishmovchiligiga qaramay, 1-noyabrdan darslar qayta boshlangan.

 

11 yoshli o‘quvchi Varda Radvan esa shunday dedi:

 

“Hozir oltinchi sinfda o‘qiyapman, lekin ko‘chish va urush tufayli ikki yillik ta’limni boy berdim.”