1- iyuldan boshlab yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida maxsus radarlar o‘rnatiladi - Ta’lim xabarlari
1- iyuldan boshlab yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida maxsus radarlar o‘rnatiladi

Prezident Farmoni (PF-197-son, 20.11.2023) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

 

Jumladan, “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–190-son qaroriga kiritilgan o’zgartirishga ko‘ra, 2024-yil 1-iyuldan quyidagi joylarga belgilangan tezlikni oshirish, piyodalarni o‘tkazmaslik va fuqarolarning yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari o‘rnatiladi:

  • yo‘llar bo‘yida joylashgan maktablar oldida;
  • kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida;
  • yo‘l-transport hodisalar o‘choqlarida.

 

Bunda radarlar yoʻl harakati qoidalari buzilishlari hamda yoʻl-transport hodisalarining tahlilidan kelib chiqib belgilanadigan joylarga oʻrnatiladi

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры