Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga o‘qishga kirishda qanday imtiyozlar bor? - Ta’lim xabarlari
Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga o‘qishga kirishda qanday imtiyozlar bor?

Tahririyatimizga “Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga o‘qishga kirishda qanday imtiyozlar bor, bo‘lsa ham nega saytda ko‘rinmayapti?” qabilidagi savol kelib tushdi. Ushbu savolga Bilimli baholash agentligidan javob oldik.

Ma’lumotga ko‘ra, Oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalari 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar uchun ham tatbiq qilinadi.

 

Agar haqiqatda imtiyozi bo‘lsa, saytda avtomatik tarzda ko‘rinadi. Agar ko‘rinmayotgan bo‘lsa, abituriyent imtiyoz bergan tashkilotga murojaat qilishi tavsiya etiladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры