Yangi olingan toifa sertifikatlari qachon tarqatiladi?

Yangi olingan toifa sertifikatlari qachon tarqatiladi?

Amaldagi qarorning 47-bandiga ko’ra, attestatsiya yakunlanganidan soʻng bir oy muddatda vakolatli vazirliklar rahbarining buyrugʻi (qarori) bilan attestatsiya natijalariga koʻra oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalari hamda bosh, yetakchi va katta oʻqituvchi lavozimlari berilgan pedagog kadrlarning roʻyxati tasdiqlanadi hamda roʻyxatga asosan pedagog kadrlarga mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq shakldagi QR-kod qoʻyilgan elektron shakldagi sertifikatlar (keyingi oʻrinlarda — sertifikat) vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali onlayn generatsiya qilinadi.

 

 

Navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga koʻra malaka toifasi (lavozimi) oshirilgan yoki saqlangan, shuningdek, navbatdagi majburiy attestatsiya natijalariga koʻra malaka toifasi (lavozimi) tushirilgan pedagog kadrlarning oylik ish haqlariga kiritiladigan oʻzgarishlar avtomatik tarzda hisoblab chiqarilishi uchun vakolatli vazirlikning rasmiy veb-sayti UzASBO yoki boshqa moliyaviy hisob-kitob dasturlari hamda maktab boshqaruv (ERP) dasturlari bilan integratsiya qilinadi.

 

 

Pedagog kadrlar davlat xizmatlari markaziga borish yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-saytida joylashgan shaxsiy kabinetiga kirish orqali elektron shakldagi sertifikatni yuklab olishi mumkin.

 

 

Nizomning 48-bandiga muvofiq pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.

 

 

Ma’lumot uchun, avgust-dekabr oylarida oʻtkazilayotgan attestatsiyaning oxirigi kuni 30-noyabr hisoblanadi (demak, 30-noyabrdan boshlab bir oy ichida ya’ni dekabr oyining oxirigi ish kunlarida Sertifikatlar generatsiya qilinadi).