Oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni ko‘chirish qachon boshlanadi?

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori asosida amalga oshiriladi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalarni topshirish har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar davom etadi.

 

Arizalar 5-avgustdan 30-avgustgacha oliy ta’lim muassasasi, tegishli vazirlik (idora) yoki Davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.

 

Shuningdek, talabalar uzrli sabablarga ko‘ra bahorgi semestrda ham o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin o‘qishini ko‘chirishlari mumkin. O‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirish — har yili 20-dekabrdan keyingi yilning 20-yanvariga qadar amalga oshiriladi. Ushbu arizalarning natijalari esa har yili 25-yanvardan 15-fevralga qadar e’lon qilinadi.

 

Talabalarga quyidagi sabablar bilan o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilishi mumkin:

 

– respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan turmush o‘rtog‘ining doimiy yashash hududiga ko‘chib o‘tganda;

– turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda;

– ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.

 

Talabalar ushbu saytlar orqali onlayn ariza topshirishlari mumkin:

 

transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga;

my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры