Talabalar kontrakt uchun onlayn ariza berishda qanday shartnomani tanlaydi?

Talabalar kontrakt uchun onlayn ariza berishda qanday shartnomani tanlaydi?

Talabalar to’lov-kontrakt olish maqsadida kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza berayotganda “Shartnoma turini tanlash” degan band bor. Bunda ikki tomonlama yoki uch tomonlama shartnomani tanlash so‘raladi.

 

 

Ikki tomonlama va uch tomonlama shartnomani qanday farqi bor?

 

 

1.  Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda, agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini talaba o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak.

 

Bundan tashqari, bankdan taʼlim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lsa ham ikki tomonlama shartnoma olish kifoya qiladi, uch tomonlamani olmang.

 

 

2. Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, talaba va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini talabaning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak.

 

 

Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (o’qiyotgan universitetning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi.