Germaniyada bakalavr va magistratura bosqichi talabalari uchun haq toʻlanadigan 8 haftalik tadqiqot dasturi

Germaniyada bakalavr va magistratura bosqichi talabalari uchun haq toʻlanadigan 8 haftalik tadqiqot dasturi

Berlinning Helmholtz-Zentrum Berlin (HZB) universiteti tomonidan bakalavr va magistratura bosqichi talabalari uchun 8 haftalik yozgi tadqiqot dasturi eʼlon qilindi.

 

 

Dastur fizika, kimyo, materialshunoslik, strukturaviy biologiya, matematika, atrof-muhit fanlari, muhandislik hamda shunga tegishli sohalarda oʻqiyotgan talabalar uchun moʻljallangan boʻlib, bunda dasturga qabul qilingan ishtirokchilar olimlar bilan yaqin hamkorlikda oʻzlarining ilmiy loyihalari ustida ishlash, Berlin-Vansi yoki Berlin-Adlershofdagi HZB kampuslarida joylashgan laboratoriyalarida yoki eksperimental maydonlarida tadqiqot guruhlarning kundalik ishlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

 

 

Dastur 2026-yil 6-iyuldan 28-avgustgacha davom etadi hamda ishtirokchilar dastur yakunida tadqiqot yuzasidan taqdimot qilishlari kerak boʻladi.

 

 

Dasturga qabul jarayoni 2025-yil 14-dekabrgacha davom etadi.

 

 

Olib boriladigan tadqiqot jarayoni bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

 

Maqbullik shartlari

 

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

 

– barcha davlat fuqarolari qatnasha oladilar;

 

– nomzod fizika, kimyo, materialshunoslik, struktural biologiya, muhandislik, hayot yoki atrof-muhit fanlari yoki shunga tegishli yoʻnalishlarda bakalavr yoki magistratura talabasi boʻlishi (PhD emas);

 

– universitetda toʻliq shtat asosida kamida ikki yilni oʻqib tugatgan boʻlishi, yaʼni kamida ikkinchi kursni tugatgan boʻlishi kerak;

 

– ingliz tilini yaxshi bilishi, nemis tilini ham bilishi ustunlik beradi;

 

– dasturga qabul qilinganlar HZB da amaliyot tugaguncha oʻzlari oʻqiyotgan universitet talabalar safida qolishlari shart (2026-yil 6-iyuldan 28-avgustgacha);

 

– ariza topshirish muddati tugagunga qadar bitta tavsiyanoma topshirishlari kerak.

 

 

Dastur talablari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

 

Foydali tomonlari

 

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻlishadi:

 

 

– dasturga qabul qilinganlar bilan 8 haftalik amaliyot shartnomasi tuziladi;

 

– Berlin va Potsdamdagi universitet talabalari uchun €1000, Germaniyadan tashqari boshqa davlat universitet talabalari uchun €1900 mablagʻ ajratiladi;

 

– borib-kelish xarajatlari uchun — €800.

 

Hujjat topshirish

 

Hujjat topshirishda quyidagilar talab qilinadi:

 

– 2 betdan oshmagan CV (Tabular formatda);

– universitetda olingan eng oxirgi baholari va fanlari tarjimasi;

– talaba ekanligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;

– pasport nusxasi (ingliz tilida).

 

 

Eslatma: ushbu hujjatni yuklab olib, uni universitetdan tasdiqlatib topshirish kerak.

 

 

Dasturga hujjat topshirish boʻyicha yoʻriqnomalar bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

 

 

Dasturga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish