Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi 2026-yil uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) ва Stajyor-tadqiqotchi (ST) bosqichlariga o‘qishga qabul boshlanganini ma’lum qildi.
Mazkur dasturlar davlat boshqaruvi, siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar sohasida ilmiy izlanish olib borishga, tahliliy fikrlashni chuqurlashtirishga va boshqaruv amaliyotiga ilmiy yondashuvni joriy etishga yo‘naltirilgan.
Tayanch doktorantura (PhD) siga qabul quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha amalga oshiriladi:
– 07.00.09 – Davlat siyosati va boshqaruvi tarixi – 1 ta o‘rin;
– 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit – 2 ta o‘rin;
– 08.00.13 – Menejment – 2 ta o‘rin;
– 08.00.19 – Davlat boshqaruvining iqtisodiy asoslari – 1 ta o‘rin;
– 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi – 1 ta o‘rin;
– 12.00.17 – Davlat boshqaruvining huquqiy asoslari – 1 ta o‘rin;
– 22.00.01 – Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi. Sotsiologik tadqiqot usullari – 2 ta o‘rin;
– 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi – 2 ta o‘rin;
– 22.00.03 – Ijtimoiy ong va ijtimoiy jarayonlar sotsiologiyasi – 1 ta o‘rin;
– 22.00.05 – Davlat siyosati va boshqaruvi sotsiologiyasi – 1 ta o‘rin;
– 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar – 1 ta o‘rin;
– 23.00.06 – Davlat siyosati va boshqaruvi asoslari – 1 ta o‘rin
Talab qilinadigan hujjatlar:
– ariza;
– qisqacha biografik ma’lumot;
– mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi (ishlayotganlar uchun);
– oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi oliy ma’limot (mutaxassislik dasturlari bo’yicha) to’g’risida diplom nusxasi;
– nashr etilgan ilmiy ishlar (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
– xorijiy til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (amalda bo‘lishi shart).
Doktorantura (DSc) darajasi uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul amalga oshiriladi:
– 07.00.09 – Davlat siyosati va boshqaruvi tarixi – 1 ta o‘rin;
– 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit – 1 ta o‘rin;
– 08.00.13 – Menejment – 1 ta o‘rin;
– 08.00.19 – Davlat boshqaruvining iqtisodiy asoslari – 1 ta o‘rin;
– 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi – 1 ta o‘rin;
– 12.00.17 – Davlat boshqaruvining huquqiy asoslari – 1 ta o‘rin;
– 22.00.01 – Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi. Sotsiologik tadqiqot usullari – 1 ta o‘rin;
– 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi – 1 ta o‘rin;
– 22.00.05 – Davlat siyosati va boshqaruvi sotsiologiyasi – 1 ta o‘rin;
– 23.00.06 – Davlat siyosati va boshqaruvi asoslari – 1 ta o‘rin.
Talab qilinadigan hujjatlar:
– ariza;
– qisqacha biografik ma’lumotnoma;
– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
– oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga egaligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
– xorijiy til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat nusxasi;
– nashr etilgan ilmiy ishlar nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis);
– tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi.
Stajyor-tadqiqotchi (ST) bosqichi uchun:
– 22.00.03 – Ijtimoiy ong va ijtimoiy jarayonlar sotsiologiyasi – 1 ta o‘rin.
Talab qilinadigan hujjatlar:
– ariza;
– qisqacha biografik maʼlumotnoma;
– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
– oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
– nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Hujjatlar joriy yilning 5-noyabr sanasigacha qabul qilinadi. Talabgorlar Innovatsion rivojlanish agentligi web-sayti ro‘yxatidan o‘tadi va barcha hujjatlar elektron (PDF) shaklda yuklatiladi.
Аloqa uchun: (71) 232-60-63.
