“HUDUDGAZTA’MINOT” AJ’ning xabar berishicha, Jizzax pedagogika universitetining Zarbdor tumanida joylashgan sirtqi boʻlim binosida tabiiy gazdan foydalanish holati koʻzdan kechirilganda, binoda oʻrnatilgan gaz uskunalarining quvvati gaz hisoblash uskunasining maksimal hisoblash quvvatidan ortiq ekani aniqlandi.
Holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va dastlabki xulosalarga koʻra 3 milliard 520 million soʻmlik zarar hisoblandi.
