‘‘Endi Oksford universitetida o‘zbek va eski o‘zbek tillari o‘rganiladi’’ – Saida Mirziyoyeva

‘‘Endi Oksford universitetida o‘zbek va eski o‘zbek tillari o‘rganiladi’’ – Saida Mirziyoyeva

Avvalroq, joriy yil 14-oktyabr kuni Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya bosh vaziri o‘rinbosari va adliya vaziri Devid Lemmi bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar bergandik.

 

 

Saida Mirziyoyevaning o‘z sahifasida yozishicha, Oksford universitetining ”Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari” fakultetida endilikda o‘zbek va eski o‘zbek tillari o‘rganiladi.

 

‘‘Universitetdan Prezidentimiz rahbarligida O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va imkoniyatlarini kengaytirish borasida erishilgan yutuqlarning e’tirofi sifatida mukofot qabul qilganimdan xursandman.

 

Mirzo Ulug‘bekning “Ziji Ko‘ragoniy”, Alisher Navoiyning “Xamsa”, Husayn Boyqaroning “Devoni Husayniy”, Boburiylar davriga oid miniatyuralar va boshqa ko‘plab nodir kitoblar saqlanayotgan Bodlian kutubxonasi bilan tanishuv iliq taassurot qoldirdi’’, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

 

Shuningdek, uchrashuvda inson kapitalini rivojlantirish va O‘zbekiston maktablarida Kembrijning ayrim dasturlarini joriy etish, Oksfordda o‘zbek tilini o‘rganish loyihalarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ingliz tilida so‘zlashuvchi o‘qituvchilarni jalb qilish masalalari muhokama qilingan.