O‘zbekiston talabalar Xalqaro moliyaviy xavfsizlik olimpiadasida 3-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston talabalar Xalqaro moliyaviy xavfsizlik olimpiadasida 3-o‘rinni egalladi

Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida 40 ta davlatdan 600 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan V Xalqaro moliyaviy xavfsizlik olimpiadasi o‘tkazildi.

 

O‘zbekiston jamoasi musobaqada 6 ta sovrinli o‘rinni egallab, umumiy medallar soni bo‘yicha 40 ta mamlakat orasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

 

Jamoa tarkibida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti va INHA universitetining 10 nafar talabalari ishtirok etishdi.

 

 

Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi Saidaziz Azimov musobaqaning mutlaq g‘olibi bo‘ldi.

 

 

Shuningdek, Madinabonu Usmonova, Yulduzxon Maxmudova, Nurmurat Dauletiyarov, Amir Yuldashev hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyi o‘quvchisi Jasur Abdunazarov II darajali diplom bilan taqdirlangan.