Savol: Men Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Beruniy tumanidagi Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachi-metodist boʻlib ishlayman. Avgust-dekabr oylari attestatsiyasida navbatdan tashqari turi boʻyicha ishtirok etyapman. Bizda DMTT pedagoglarining toifa testlari 24-oktyabr kuni Nukus shahrida oʻtkazilishi belgilanibdi. Men noyabr oyida Toshkent shahrida malaka oshirish kurslarida boʻlaman. Toifa testlarini Toshkent shahrida topshirsam boʻladimi?
Javob: Ha, bo‘ladi. Buning uchun talabgorlar Toshkent shahrida toifa testlarini oʻtkazayotgan ishchi guruhiga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda yozma murojaat qilishlari kerak boʻladi.
Bunday holatlarda pedagoglar qaysi hudud (viloyat)da toifa testlarini topshirish imkoniyati boʻlsa, oʻsha hudud (viloyat)da test oʻtkazayotgan ishchi guruhiga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda yozma murojaat qilishlari kerak boʻladi.
Ishchi guruh murojaatni tasdiqlagandan keyin, o’sha hududda attestatsiya imtihonidan o’tish mumkin.
Murojaatnomani yozish uchun misol

