Savol: 3-7-noyabr kunlari Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarning toifa testlarini topshiradigan kunlari ekan. Men ona tili boʻyicha milliy sertifikat uchun ham ariza topshirgandim. Mobodo, milliy sertifilatning sinov kuni 4-noyabr kuniga toʻgʻri kelib, ikkalasi bir kunga bir vaqtga toʻgʻri kelib qolsa , nima qilaman? Ikkoviga ham toʻlovni amalga oshirganman de? (Toshkent tuman 9-oʻrta maktabning Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi M.D.S)
Agar pedagogning milliy sertifikat sinovlari kuni toifa testlari bilan bir kunga toʻgʻri kelib qolsa, yoki qandaydir yana boshqa bir uzrli sabablarga koʻra pedagog oʻz kunida testda ishtirok eta olmasa, toifa testlarini shu fan oʻtkaziladigan boshqa kuni, yaʼni 3-7-noyabr kunlaridan istalgan birida uzrli sabab asoslarini taqdim etgan holda topshirsa boʻladi.
Nizomning 45-bandi Pedagog kadrlar attestatsiyada uzrli sababga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra kelmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi.
Pedagog kadrlar uzrli sabablarga koʻra attestatsiyaga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilgan taqdirda, yigʻim takroran undirilmaydi.
Toifa testlari jadvalini tuzishda milliy sertifikat sinovlar kunlari inobatga olingan, oʻzgartirishlar boʻlmasa, imtihon kunlari bir-biriga toʻgʻri kelib qolmasligi kerak.
