Oliy ta’lim tizimida ishga kirish va ustama uchun qaysi til sertifikatlari talab qilinadi?

Oliy ta’lim tizimida ishga kirish va ustama uchun qaysi til sertifikatlari talab qilinadi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 6-oktyabrdagi 3515-1-sonli “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarorga koʻra,  oliy ta’lim tizimiga xorijiy til bo‘yicha ishga qabul qilishda hamda shu tizmda  faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati yangilandi.

 

T/r Sertifikat nomi Muvofiqlik darajalari
Common European Framework of Reference

(CEFR) shkalasi boʻyicha

B2* C1 C2
INGLIZ TILI
1. Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat B2 C1
2. Test of English as a Foreign Language — TOEFL iBT 72 — 94 95 — 113 114 — 120
3. Cambridge English Qualifications

 

B2

First

(160-179)

 

C1

Advanced

(180-199)

 

C2

Proficiency

(200-230)

 

 

4. International English Language Testing System — IELTS (Academic) 5.5-6.5 7.0-8.0 8.5-9.0
5. International Test of English

Proficiency

iTEP Academic — Plus

 

B2

 

C1 C2
6. Aptis ESOL for Teachers

 

B2

 

C1

 

7. Aptis ESOL Advanced

 

B2

 

C1 C2
FRANSUZ TILI
8. Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat B2 C1
9. Diplôme dʼEtudes en Langue Française (DELF) B2
10. Diplôme Approfondi de Langue Française (DALF) C1 C2
11. Test de Connaissance du Français (TCF) B2 C1 C2
NEMIS TILI
12. Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat B2 C1
13. Goethe-Zertifikat B2 C1 C2
14. Test Deutsch als Fremdsprache

(Test DAF)

TDN 3

(B2.1),

TDN 4

(B2.2 — C1.1)

TDN 5

(C1.2)

15. Deutsches Sprachdiplom

(DSD I, II)

DSD II B2 DSD II C1
ISPAN TILI
16. Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat B2 C1
17. Diplomas de Español como Lengua Extranjera (DELE) DELE

B2

DELE

C1

DELE

C2

18. Servicio Internacional de Evaluación de la Lengua Española (SIELE) B2 C1 C2
ITALYAN TILI
19. Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat B2 C1
ARAB TILI
20. Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat B2 C1
21. AT Tanal Al Arabi B2 C1 C2
XITOY TILI
22. Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat B2 C1
23. Hanyu Shuiping Kaoshi

(HSK)

HSK

4

HSK

5

HSK

6

YAPON TILI
24. Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat B2 C1
KOREYS TILI
25. Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat B2 C1
26. Test of Proficiency in Korean

(TOPIK II)

Level 4

150 — 189

Level 5

190 — 229

Level 6

230 — 300

TURK TILI
27. Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat B2 C1
28. Türkçe Yeterlik Sınavı (TYS) B2 C1
PUSHTU, DARIY, URDU, HINDIY, UYGʻUR, FORS tillari
29. Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat B2 C1

 

Asosiy o‘zarishlar shundan iboratki, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim uchun alohida, oliy ta’lim tizimi uchun alohida ro‘yxat belgilandi.

 

Ro‘ryxatdan Test of English as a Foreign Language (TOEFL iTP), TKT (Modul 1-3), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) chiqib ketgan bo‘lsa,  International Test of EnglishProficiency iTEP Academic — Plus (B2-C2), Aptis ESOL for Teachers (B2-C1), Aptis ESOL Advanced (B2-C2)  setifikatlari qo‘shildi. Cambridge Assessment English (FCE, CAE, CPE) sertifikati nomi Cambridge English Qualifications (B2-C2) ga o‘zgartirildi.

 

Eslatib o‘tamiz, oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ularning mashg‘ulot olib boruvchi faniga mos bo‘lishi lozim.

 

 

Ushbu ro‘yxat faqat oliy ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatadigan kadrlarga tegishli. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tizimiga xorijiy til bo‘yicha ishga qabul qilishda hamda faoliyat
yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar  ro‘yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish