Ushbu tanlov AQShning ServiceScape korporatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan bo’lib, universitet, kollej, maktab talabalariga o’qish xarajatlarini qoplashi uchun $1000 mukofoti taqdim etishni ko’zda tutadi.
Insho 300 so’zdan oshmagan holatda “Bugungi kunda yozishning ta’siri qay darajada?” mavzusida yozilishi lozim. Tanlov ishtirokchilari insholarning yozilish sifati bo’yicha baholanadi.
Maqbullik shartlari:
– nomzod rasmiy ro’yxatdan o’tgan maktab, kollej yoki universitetda o’qiyotgan bo’lishi;
– kamida 18 yosh bo’lishi;
– insholar 300 so’zdan ko’p bo’lmasligi va ingliz tilida yozilishi kerak;
– tanlovda har bir nomzod faqatgina bir marotaba ishtirok etishi mumkin;
– ariza shakli hamda insholar ingliz tilida yozilgan bo’lishi;
– ariza to’ldirish davomida kuzatilgan texnik nosozliklar uchun ServiceScape javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi;
– ServiceScape xodimlari hamda ularning oila-a’zolari, yaqin qarindoshlarining tanlovga qatnashishlari taqiqlanadi.
Foydali tomonlari:
– tanlovga qatnashish hech qanday mablag’ talab qilmaydi;
– 1000 AQSH dollari pul mukofoti;
– g’olibning ismi, fotosurati, yozgan inshosi ServiceScape saytida namoyish etiladi.
G’olib 2025-yil dekabr oyida e’lon qilinadi. G’olibga e-mail orqali sovrinni qo’lga kiritganligi haqida xabar yuboriladi.
G’olib 10 kun ichida ko’rsatilgan shartlarni bajargandan so’ng, 4 hafta ichida mukofot puli pochta orqali yetkaziladi.
Eslatma! Sovrinni qabul qilish uchun ketadigan xarajatlar g’olib tomonidan to’lanadi. Shundan so’ng g’olib ismi, fotosurati, yozgan inshosi tez orada ServiceScape saytida e’lon qilinadi.
Eslatma! ServiceScape tashkiloti istalgan vaqtda ushbu tanlovga o’zgartirish kiritish yoki bekor qilish huquqiga ega. Avvalgi yilgi g’oliblar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Qo’shimcha savollar yuzasidan rasmiy saytda ko’rsatilgan chat orqali murojaat qilishingiz mumkin.
