‘‘Bogʻchalarda qabul yoshi 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lishi haqidagi xabarlar asossiz’’ — vazirlik

‘‘Bogʻchalarda qabul yoshi 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lishi haqidagi xabarlar asossiz’’ — vazirlik

Ijtimoiy tarmoqlar orqali bolalarni bogʻchaga qabul qilish 2 yoshdan boshlanishi yoki bolalar endi 6 yoshgacha bogʻchaga borishi haqida xabarlar tarqaldi.

 

 

Bu bo’yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova audiobayonot berdi.

 

 

Unga ko’ra, bogʻchaga 2 yoshdan boshlab yoki 6 yoshgacha qabul qilinishi haqidagi xabarlar asossiz ekanligini bildirdi.

 

‘‘Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda normativ huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilmoqda. Mazkur hujjat loyihasida MTTga bolalarning qabul yoshi 6 yoshgacha etib belgilanishi yoki 2 yoshdan boshlanishi xususida hech qanday huquqiy norma ko’zda tutilmagan.

 

Amaldagi tartibga ko’ra, nodavlat bog‘chalarda bolalarni qabul qilishdagi yosh chegarasi ta’lim muassasaning ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, davlatimiz rahbarining 2022-yil 7-martdagi tegishli farmoniga asosan to’liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat MTT ga 2 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalarni pullik xizmat ko’rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat berilgan. Ya’ni bu barcha bog‘chalarga emas, to’liq quvvat bilan ishlamayotgan bog‘chalarga nisbatan tatbiq etiladi’’, — dedi Dilfuza Sobirova.