B darajadagi sertifikatga ega abituriyentlarga maksimal ball beriladi

B darajadagi sertifikatga ega abituriyentlarga  maksimal ball beriladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 6-oktyabrdagi 3515-1-sonli “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarorga koʻra, oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda imtiyoz beradigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar beradigan imtiyozlarga qoʻshimchalar kiritildi. 

 

 

 

T/r Milliy sertifikatlar Xalqaro sertifikatlar
Sertifikat nomi Beriladigan imtiyoz Sertifikat nomi Beriladigan imtiyoz
MATEMATIKA
1. Umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy sertifikat Maksimal ball:

A+, A

(86 va undan yuqori ball**),

Proporsional ball: B+, B, C+, C

(60 — 85,9 ball**),

Majburiy fan boʻyicha belgilangan eng yuqori ball

Cambridge International

A-LEVEL

(Mathematics — 9709)

Maksimal ball:

B, A, A*

Majburiy fan boʻyicha belgilangan eng yuqori ball

FIZIKA
2. Umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy sertifikat Maksimal ball:

A+, A

(86 va undan yuqori ball**),

Proporsional ball: B+, B, C+, C

(60 — 85,9 ball**)

Cambridge International

A-LEVEL

(Physics — 9702)

Maksimal ball:

B, A, A*

KIMYO
3. Umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy sertifikat Maksimal ball:

A+, A

(86 va undan yuqori ball**),

Proporsional ball: B+, B, C+, C

(60 — 85,9 ball**)

Cambridge International

A-LEVEL

(Chemistry — 9701)

Maksimal ball:

B, A, A*

TARIX
4. Umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy sertifikat Maksimal ball:

A+, A

(86 va undan yuqori ball**),

Proporsional ball: B+, B, C+, C

(60 — 85,9 ball**),

Majburiy fan boʻyicha belgilangan eng yuqori ball

BIOLOGIYA
5. Umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy sertifikat Maksimal ball:

A+, A

(86 va undan yuqori ball**),

Proporsional ball: B+, B, C+, C

(60 — 85,9 ball**)

Cambridge International

A-LEVEL

(Biology — 9700)

Maksimal ball:

B, A, A*

GEOGRAFIYA
6. Umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy sertifikat Maksimal ball:

A+, A

(86 va undan yuqori ball**),

Proporsional ball: B+, B, C+, C

(60 — 85,9 ball**)

ONA TILI VA ADABIYOT

(Oʻzbek tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili va adabiyoti)

7. Umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy sertifikat Maksimal ball:

A+, A

(86 va undan yuqori ball**),

Proporsional ball: B+, B, C+, C

(60 — 85,9 ball**),

Majburiy fan boʻyicha belgilangan eng yuqori ball

 

 

 

Avvalroq matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo’yicha  A-Level imtihonidan faqat A va A* natija koʻrsatgan abituriyentlarga shu fan yuzasidan maksimal ball berilgan boʻlsa, endi B darajaga ega talabgorlar ham ushbu imtiyoz qoʻllaniladi.

 

 

Bu oʻzgarish faqat A-Level imtihoni natijalariga aloqador bo‘lib, milliy sertifikat tizimidagi imtiyozlar oʻz oʻrnida qolgan.

 

 

Eslatib oʻtamiz, 2024-yil 1-martga qadar umumtaʼlim fanlari boʻyicha berilgan milliy sertifikatlar uchun mazkur sertifikat olingan paytda qoʻllanilgan tartibda imtiyoz tatbiq etiladi. Yaʼni bu davrda olingan B darajadagi sertifikatlar uchun maksimal ball berilmaydi.