Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun xorijiy va nodavlat OTMlariga 200 ta maqsadli kvota uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
2025-yil 11-oktyabr (shanba) kuni bo‘lib o‘tadigan imtihon uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining shaxsiy kabineti orqali yuklab olishlari mumkin.
Ruxsatnomada talabgorlarga test sinovi o‘tkaziladigan sana, manzil va vaqt ko‘rsatilgan bo‘lib, ulardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
11-oktyabr kuni test sinovi bitta smenada o‘tkaziladi. Talabgorlar binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
1-smena uchun kirish vaqti soat 7:30 dan 8:30 gacha. Soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi.
Test topshiruvchilardan imtihon binosiga ortiqcha buyumlar (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va boshqalar) olib kelmaslik so‘raladi.
