Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan 48 ta shtat o‘rni qisqartirilmoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan 48 ta shtat o‘rni qisqartirilmoqda

Prezidentning 2025-yil 4-oktabrdagi  PF–178-son farmoniga muvofiq, ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini raqamlashtirishni keng joriy etish va boshqaruv xarajatlarini qisqartirish maqsadida ularning tashkiliy tuzilmalari optimallashtirildi.

 

 

Mazkur hujjat bilan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida zamonaviy boshqaruv tizimini shakllantirish, ortiqcha funksiyalarni qisqartirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali boshqaruv samaradorligini oshirish vazifalari belgilandi.

 

 

Farmon ilovasiga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida jami 48 ta shtat birligi qisqartiriladi. Shundan 39 tasi davlat budjeti, 9 tasi esa budjetdan tashqari jamg‘arma hisobidan qisqartirilishi belgilangan.

 

 

Qisqartirishlar raqamli texnologiyalarni keng tatbiq etish, boshqaruv jarayonlarini soddalashtirish va ta’lim tizimini samarali boshqarishga xizmat qiladi. Shu orqali mavjud resurslardan oqilona foydalanish hamda natijadorlikni oshirish ko‘zda tutilgan.

 

 

Shuningdek, farmonda qisqartirish jarayonida xodimlarning mehnat huquqlarini to‘liq himoya qilish, ular bilan mehnat munosabatlarini amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tarzda olib borish hamda ish bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi belgilangan.

 

 

Farmon bilan nazarda tutilgan o‘zgarishlar 2025-yil 1-noyabrdan boshlab kuchga kiradi.