Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining Gabala sammitida turkiy dunyoning birdamligini mustahkamlash, jahon siyosati, iqtisodiyoti va gumanitar sohadagi rolini oshirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Jumladan:
– Oʻzbekistonda qoʻshma tadqiqotlar va innovatsiyalar maydoniga aylanadigan Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etilishini eʼlon qildi;
– 2026-yilda “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodi – Turkiy dunyo maʼnaviy hayotida” mavzusida xalqaro konferensiyani oʻtkazish taklifini berdi.
