Young Professional Internships Program (YPIP) — bu yosh mutaxassislar uchun mo‘ljallangan 12 haftalik yozgi amaliyot dasturi bo‘lib, ishtirokchilarga jamoada ishlash, malaka oshirish mashg‘ulotlarida qatnashish, soha yetakchilari bilan muloqot qilish hamda tengdoshlar tarmog‘iga qo‘shilish imkonini beradi.
Dastur yakunida amaliyotchilar xalqaro biznes amaliyotlari bilan tanishadi, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantiradi va XXI asr mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lish uchun zarur tajribaga ega bo‘ladilar.
Dastur STEM sohalarida faoliyat yuritishni maqsad qilgan, O‘zbekiston OTMlarining 3–4-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ingliz tilida olib boriladi. Amaliyotlar Toshkent shahrida tashkil etiladi.
Mazkur dastur AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan moliyalashtiriladi va Amerika Kengashlari (American Councils) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjat topshirish boʻyicha batafsil yoʻriqnomalarni ariza berish portalida roʻyxatdan oʻtgandan soʻng koʻrish mumkin.
Ishtirok etish talablari
Nomzodlar quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
– biznes yoki STEM sohasida professional faoliyat yuritishni rejalashtirgan bo‘lish;
– O‘zbekiston OTMlarining 3 yoki 4-kurs talabasi bo‘lish;
– ingliz tilini yaxshi bilish.
Dastur afzalliklari
YPIP ishtirokchilari quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:
– dastur davomida stipendiya oladilar;
– safar xarajatlari uchun mablag‘ ajratiladi;
– Toshkentdagi kompaniyalarda amaliyot o‘taydilar;
– mentorlar bilan ishlash va ularning tajribasidan o‘rganish;
– soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar va networking tadbirlarida ishtirok etish;
– dastur yakunida sertifikat va tavsiyanoma beriladi.
Hujjat topshirish tartibi
Tanlovda ishtirok etish uchun onlayn ariza topshirish zarur. Arizada quyidagi hujjatlar talab etiladi:
– nomzodning mutaxassislik sohasi va qiziqishlari haqida ma’lumot;
– akademik yutuqlar va darsdan tashqari faoliyat (extracurriculars) haqida ma’lumot;
– motivatsion xat (500 so‘zdan oshmagan);
– akademik tavsiyanoma (ingliz, rus yoki o‘zbek tilida, universitetning rasmiy blankasida);
– Transkript yoki baholar to‘plami;
– CV (rezyume);
– ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjat topshirish bo‘yicha batafsil yo‘riqnoma ariza topshirish portalida ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng taqdim etiladi.
