10-sinf o‘quvchisi matematika olimpiadasida 1-o‘rinni egallab, avtomobil sovrindori bo‘ldi

10-sinf o‘quvchisi matematika olimpiadasida 1-o‘rinni egallab, avtomobil sovrindori bo‘ldi

Qorako‘l ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi Muhammadali Rasulov matematika fani bo‘yicha o‘tkazilgan IRN olimpiadasida 1-o‘rinni egalladi. U oltin medal bilan birga Nexia-3 avtomobili bilan taqdirlandi.

 

 

Bugun tuman hokimligi hamda olimpiada tashkilotchilari ishtirokida tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda Muhammadali Rasulovning o‘qituvchisi va maktab-internati direktori ham tashakkurnoma hamda 10 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlangan. Ularga milliy to‘n ham topshirilgan.

 

 

Shuningdek, 2–3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlangan.