Keyingi o‘quv yilidan boshlab maktab hujjatlari to‘liq elektron shaklda yuritiladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda maktab ta’limi jarayonini ortiqcha qog‘ozbozlikdan holi etish orqali samaradorlikka erishiladi va boshqaruv jarayonlarini shaffofligi ta’minlanadi.
Xususan, elektron baholar tabeli “emaktab.uz” platformasida avtomatik tarzda shakllanadi va ota-onalar uchun tizimdan yuklab olish imkoniyati yaratiladi.
Natijada tabeldagi baholarni o‘zgartirish va soxtalashtirishning oldi olinadi.