Buyuk Britaniya bilan hamshiralik ishida qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etilishi mumkin

Buyuk Britaniya bilan hamshiralik ishida qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etilishi mumkin

Mamlakat elchixonasi ko‘magida London Brunel universitetining xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori professor Trevor Xoy va O‘zbekiston Hamshiralar akademiyasi rahbariyati ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

 

Suhbat davomida tomonlar hamshiralik sohasi uchun qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, qo‘shma ta’lim loyihalarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilarni malaka oshirish kurslari va treninglarda qatnashishini ta’minlash, ilmiy tadqiqotlarni birgalikda olib borish hamda ikki tomonlama diplom berish dasturlarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilindi.