Fransiya bilan hamkorlikda o‘zbek talabalari uchun maxsus dasturlar yo‘lga qo‘yiladi

Fransiya bilan hamkorlikda o‘zbek talabalari uchun maxsus dasturlar yo‘lga qo‘yiladi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva 29-sentyabr kuni Fransiya elchisi Ualid Fouk bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi aloqalar masalalari muhokama qilindi. Parlamentlararo hamkorlik izchil davom etayotgani, bu aloqalar ikki tomonlama tashriflar hamda deputatlarning xalqaro forumlardagi ishtiroki orqali mustahkamlanib borayotganligi qayd etildi. Shu bois, tegishli qo‘mitalar va parlamentlararo “do‘stlik guruhlari” o‘rtasidagi muloqotni faollashtirish zarurligi ta’kidlandi.

 

Shuningdek, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarning ijobiy natijalari e’tirof etildi. Ayniqsa, madaniyat va madaniy merosni asrash hamda tarixiy yodgorliklarni restavratsiya qilish bo‘yicha tajriba almashish va hamkorlikni kengaytirish zarurligi alohida urg‘u berildi.

 

 

Bundan tashqari, turizm yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarga mo‘ljallangan maxsus dasturlar tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi.